Baxmal tumanida ekstremal togʻ turizmi boʻyicha jahon chempionati oʻtkazildi
Foto: “Xalq soʻzi”
Jizzax viloyati Baxmal tumanining Joʻm-Joʻm qishlogʻida ekstremal togʻ turizmi boʻyicha oʻtkazilgan jahon chempionati yakunlandi.

— Uch kun davom etgan musobaqada 24 jamoadan 250 nafardan ziyod xorijiy va mahalliy sportchilar ishtirok etishdi, — deydi Jizzax viloyati turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi xalqaro aloqalar va marketing boʻlimi boshligʻi Dilorom Xolmurzayeva. — Musobaqa qatnashchilari toʻrt yoʻnalish boʻyicha: piyodalar masofasi, yakkalik, juftlik (estafeta), aralash va jamoa holda oʻzaro bahslashdilar.

Musobaqada umumjamoa hisobida rossiyalik sportchilar 40 ta medal bilan 1-oʻrinni, yurtimiz jamoasi 37 ta medal bilan 2-oʻrinni va Qozogʻiston Respublikasi jamoasi 17 ta medal bilan 3-oʻrinni egallashdi.
Gʻolib va sovrindorlarga diplom, faxriy yorliq va esdalik sovgʻalari topshirildi.
Tolibjon ERGASHEV, “Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring