Bayramga munosib tuhfa
Farhod ESONOV/“Xalq soʻzi”. Yurtimizda istiqlol shukuhi kezib yurgan shu kunlarda Surxondaryo viloyati Boysun tumanidagi Bibishirin mahallasida 9-sonli oilaviy poliklinikaning ikki qavatli zamonaviy yangi binosi foydalanishga topshirildi.
Tantanali ochilish marosimida tuman hokimi boshchiligidagi nuroniylar, mehnat faxriylari va keng jamoatchilik ishtirok etdi.
— Qishloq vrachlik punkti sifatida 1996-yilda qurilgan tibbiyot muassasamiz 50 qatnovga moʻljallangan edi, — deydi Bahrom ota Bozorov. — Shuncha yil mobaynida aholi soni koʻpaymoqda. Qolaversa, zamonaviy tibbiy anjomlarga ham ehtiyoj ortmoqda. Yangi binomiz 100 qatnovli, barcha anjomlar bilan taʼminlangan.
Bugungi kunda tumanda 265 oʻringa moʻljallangan 1 ta tuman markaziy shifoxonasi, 1 ta koʻp tarmoqli markaziy poliklinika va uning 2 ta hududiy boʻlimi, 4 ta oilaviy poliklinika, 6 ta oilaviy shifokorlik punkti faoliyat koʻrsatib kelmoqda.
Tadbirda tuman hokimi Bahodir Shukurov ishtirok etib, tadbir ishtirokchilarini Mamlakatimiz mustaqilligining 33 yillik bayrami hamda yangi bino topshirilishi munosabati bilan qutladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring