Bayram kunlari tez yordam xizmatining ish vaqti eʼlon qilindi
Bayram kunlari tez yordam mashinasi odatdagidek ishlaydi, deb xabar berdi OʻzA.
Qayd etilishicha, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi aholi punktlarida joylashgan 13 ta filial va 180 ta shoʻba boʻlimlari odatdagidek ishlaydi.
Shuningdek, navbatchi brigadalar, malakali shifokor va hamshiralar kechayu kunduz ishlaydi.
Shu bilan birga, markaz rahbariyati tarkibida bosh direktor, direktor, bosh shifokor va direktor oʻrinbosarlari tarkibida shtab tuzildi. Ular ham navbatchilik jadvali asosida ishlaydi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring