Baydenning xorijga prezident sifatidagi ilk safari qaysi mamlakatga amalga oshirilishi maʼlum boʻldi
AQSH prezidenti Jo Bayden 2021-yilning iyun oyida birinchi xorij safarini amalga oshiradi. Bu haqda Oq uy tomonidan maʼlum qilindi.
Manbaga koʻra, joriy yilning iyun oyida AQSH rahbari Buyuk Britaniya va Belgiyaga tashrif buyuradi.
Bayden, dastlab, 11-13-iyun kunlari Buyuk Britaniyaning Kornuoll shahrida boʻlib oʻtadigan G7 sammitida ishtirok etadi. Shuningdek, u Buyuk Britaniyaning Bosh vaziri Boris Jonson va boshqa G7ga aʼzo mamlakatlar rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazadi.
Keyin esa Bayden 14-iyun kuni Bryusselda boʻlib oʻtadigan NATO sammitida ishtirok etadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring