Bayden Trampni koronavirus xavfini yashirganlikda ayblab chiqdi

10:56 10 Sentyabr 2020 Dunyo
966 0

AQSH prezidentligiga demokratlar partiyasidan nomzod Jozef Bayden amaldagi davlat rahbari Donald Trampni koronavirus infeksiyasi xavfi haqida sukut saqlaganlikda ayblab chiqdi. U bu haqda oʻzining Tvitterdagi sahifasida yozgan.

«U koʻp oylar davomida bizni aldab keldi. Va mamlakatimizda qotil kasallik yoʻlida uchragan barcha narsalarni supurib ketsa ham, u ongli ravishda oʻziga yuklangan majburiyatlarni bajarmadi. Bu amerikaliklarning hayoti va oʻlimiga bogʻliq xiyonatdir», — deya qayd etib oʻtgan siyosatchi.

Shu kunlarda Amerika ommaviy axborot vositalarida Washington Post gazetasi sharhlovchisi Bob Vudvordning “Gʻazab” kitobidan parchalar berilyapti. Unda jurnalist Tramp pandemiya boshlanishidan oldin yangi tipdagi koronavirus haqida tasavvurga ega boʻlgani, hatto 7-fevral kuni Covid-19 grippga nisbatan besh marta halokatli ekanligini taʼkidlaganini tasdiqlaydi. Aynan mana shunday chiqishlar Baydenning yuqoridagi koʻrinishda bayonot berishiga sabab boʻlgan.

Eslatib oʻtamiz, Donald Tramp 4-sentyabr kuni AQSHda koronavirusga qarshi yaratilayotgan vaksina oktyabr oyida tayyor boʻlishini eʼlon qilgandi. Ushbu dorini ishlab chiqish bilan birdaniga uchta yirik farmatsevtika kompaniya shugʻullanmoqda. Oq uy rahbari vaksina “aʼlo daraja”da boʻlishi, chunki u “juda zoʻr” kompaniyalar tomonidan yaratilayotganiga urgʻu bergan.

Jons Xopkins universiteti maʼlumotlariga koʻra, AQSHda pandemiya boshlangandan buyon kovidni yuqtirganlar soni 6,3 mln. kishiga yetgan boʻlsa, 190 mingdan ortiq oʻlim holati qayd etilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер