Bahromjon Aʼloyev “Kuwait Investment Co.” kompaniyasi prezidenti Yusuf Muhammad al-Alini qabul qildi

13:58 02 Iyun 2023 Siyosat
607 0

2023-yil 26-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Bahromjon Aʼloyev “Kuwait Investment Co.” kompaniyasi prezidenti Yusuf Muhammad al-Alini qabul qildi.

Uchrashuvda iqtisodiy diplomatiyani, jumladan, Kuvayt sarmoyalari va texnologiyalarini Oʻzbekistonga jalb etish orqali faol ilgari surish masalalari muhokama qilindi.

Mamlakatimizda sanoat, qurilish, energetika, qishloq xoʻjaligi va boshqa sohalarda investisiya loyihalarini amalga oshirish istiqbollari koʻrib chiqildi.

Oʻzbekiston va “Kuwait Investment Co.” kompaniyasi oʻrtasida hamkorlikni kengaytirish boʻyicha qoʻshma chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish boʻyicha kelishuvga erishildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер