Bahodir Toshmatov Milliy gvardiya qoʻmondoni lavozimiga tayinlandi
Toshmatov Bahodir Hamidovich Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondoni lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov maʼlum qildi.
Bildirilishicha, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Toshmatov Bahodir Hamidovich Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondoni lavozimiga tayinlangan va shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi oʻrinbosari lavozimidan ozod etilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring