Bagʻdodda qishda ham ochilib turadigan gullar koʻpaytirilmoqda
Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. Bagʻdod tumanidagi “Jarqishloq” mahalla fuqarolar yigʻini hududida yashovchi Bumayram Hasanova oʻn yildan ziyod vaqt mobaynida gulchilik bilan shugʻullanib, havas qilsa arzirli natijalarga erishib kelmoqda.
Dastlab oʻz xonadonida mavsumiy va koʻp yillik gullar yetishtirishga kirishgan Bumayram opa bugungi kunda mahalladagi boʻsh turgan tomorqalarni ijaraga olib, 150 turdan ortiq noyob gullarni parvarishlaydi. Bagʻdod, Oʻzbekiston va Uchkoʻprik tumani obodonlashtirish boʻlimi xodimlari bilan hamkorlikda markaziy koʻchalar, mahallalarni landshaft arxitekturasi asosida koʻrkam qiyofaga keltirishga koʻmaklashadi.


— Keyingi yillarda Niderlandiyadan olib kelingan va qishda ham birdek ochilib turadigan gul navini koʻpaytirishga muvaffaq boʻldik, —deydi gulchi opa. — Hozir ushbu gulning yil boʻyi qizil, sariq, pushti rangda ochilib turadigan xillarini koʻpaytirish harakatidamiz.
Qish mavsumida esa oilaviy issiqxonalarda pavloniya, Hindiston archasi, tuvakda oʻstiriladigan koʻp yillik gullar parvarishi bilan shugʻullanamiz. Gulchilik orqasidan oilamizning daromadi yaxshi va hayotimiz farovon.


Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring