Ayollarbop 50 ta ish oʻrni yaratildi
Buxorodagi “Korzinka”, “Makro Market “, “ Super Market “ singari yirik savdo majmualari peshtaxtalarida Romitan tumanida ish boshlagan “Leo Toys” korxonasining mahsulotlari paydo boʻldi.
— Korxonamiz binosi qisqa muddatda yengil konstruksiyali sendvich panelidan barpo etildi,-deydi loyiha tashabbuskori Sitora Husainova.— Qirqqa yaqin tikuv dastgohi va boshqa zarur uskunalar xarid qildik. Yumshoq oʻyinchoqlar va bolalar kiyimlari ishlab chiqaryapmiz. Hali ish boshlamay turib, bir qator savdo majmualari mahsulotlarimizga qiziqish bildirgandi. Ular bilan shartnoma tuzganimiz ayni muddao boʻldi.Kelgusida tayyor mahsulotni eksport qilish niyatimiz ham bor.
“Leo Toys” korxonasi sharofati bilan uyda oʻtirib qolgan, ishsiz xotin – qizlar 50 nafarining bandligi taʼminlandi.
Istam IBROHIMOV,
(“Xalq soʻzi”)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring