Ayollar nega chekmoqda?

16:13 16 Dekabr 2019 Jamiyat
1080 0

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligiida voyaga yetmaganlar orasida tamaki mahsulotlari va spirtli ichimliklarni noqonuniy sotilishining oldini olish yuzasidan profilaktik tadbirlar ijrosiga bagʻishlangan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.

Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati tomonidan tashkil etilgan anjumanda vazirlik Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi, Davlat soliq qoʻmitasi qoʻmitasi vakillari, Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi, Oʻzbekiston faxriylarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasi respublika boshqaruvi mutasaddilari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Hozirgi kunda taʼlim muassasalari, mahallalar hamda jamoat joylarida chekishning salbiy oqibatlari haqida koʻplab targʻibot tadbirlari olib borilmoqda. Ommaviy axborot vositalarida ham toʻxtovsiz materiallar eʼlon qilinmoqda. Biroq shunga qaramay, hamon yoshlarimiz salomatlikka zarar boʻlgan vositalarni qabul qilishmoqda. Bunday holatlar maktab oʻquvchilari oʻrtasida ham uchrab turibdi. Ayniqsa, soʻnggi vaqtlarda ayollar va qizlarning alkogol va tamaki mahsulotlariga ruju qoʻyishi kishini yanada tashvishlantiradi. Xoʻsh, bunga sabab nima? Anonim soʻrovlar natijasiga koʻra, chekuvchi qizlar va ayollarning aksariyati, avvalo, havas, kimgadir taqlid hamda maishiy muammolardan oʻzini xotirjam his etish maqsadida shu ishga qoʻl urishadi. Afsuski, ichish yoki chekish bilan muammolar yechim topmaydi, koʻngil ham xotirjam boʻlmaydi.

Xullas shu kabi holatlarning oldini olish yuzasidan ichki ishlar organlari tomonidan taʼlim muassasalari va mahallalarda 5456 marotaba tushuntirish ishlari hamda muhokamalar tashkil etildi.

“Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер