Ayoli eʼzozlangan yurtda qut-baraka boʻladi

19:39 08 Mart 2021 Jamiyat
999 0

Yurtboshimizning xotin-qizlar bayrami munosabati oʻtkazilgan tantanali marosimda soʻzlagan nutqida aytilgan bir fikr meni juda quvontirdi. Yaʼni ayollar xalqimizning, millatimizning oltin fondi, deya eʼtirof etildi. Onajonlarimiz, muhtarama ayollarimiz berilgan bu yuksak bahoga juda munosib.

Oʻzingiz bir oʻylab koʻring, yurtimizdagi har bir ayol uyim, joyim, bola-chaqam deydi. Farzandlarim baxtli, taxtli boʻlsin deb hech qachon mehnatdan qochmaydi, yurt taraqqiyotiga hissa qoʻshishni vatanparvarlik deb bilishadi. Bu saʼy-harakatlarning hammasi – el yurtimizda ayollarga yaratilgan qulaylik, imkoniyat hamda gʻamxoʻrliklar tufaylidir.

Prezidentimiz nutqida eʼtirof etilganidek, “Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida 126 mingga yaqin ayollarga imtiyozli kreditlar berildi. Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qariyb 215 ming oilaga 6 trillion soʻmdan ziyod kredit mablagʻlari ajratildi. Qariyb 55 ming nafar xotin-qizlar tadbirkorlik va kasb-hunar markazlari tomonidan oʻqitildi, hunarmandchilik va kasanachilikka jalb etildi. “Besh muhim tashabbus” doirasida chekka hududlarda tikuvchilik korxonalari tashkil etilib, 10 ming nafar ayollar bandligi taʼminlandi. Uy-joy sotib olish uchun 1 ming 250 nafar opa-singillarimizga qariyb 22 milliard soʻmlik boshlangʻich badallar toʻlab berildi.

Bu beqiyos gʻamxoʻrliklarni yurtimizdagi har bir ayol chin yurakdan qabul qilib, bor kuch va imkoniyatini davlatimiz tomonidan ishlab chiqilgan hayotbaxsh loyihalarni amalga oshirishga safarbar etishmoqda. Yurtimizdagi rivojlanish, taraqqiyot va yuksalishlar misolida bu yaqqol namoyon boʻlmoqda.

Fursatdan foydalanib, yurtimizdagi barcha munis onaxonlarni, goʻzal va dilbar opa-singillarni xotin-qizlar bayrami bilan samimiy muborakbod etaman.

Barno Mirzamova,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер