Axios: AQSH va Eron vakillari toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalarni qayta tikladi

09:57 17 Mart 2026 Dunyo
141 0

Eron Tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi va AQSH yetakchisining maxsus vakili Stiv Uitkoff soʻnggi kunlarda toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalarni qayta tikladi, deb daʼvo qilmoqda Axios portali.

“Soʻnggi bir necha kun ichida Aroqchi va Uitkoff oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri aloqa kanali yana ishga tushdi. Ular almashgan xabarlar qanchalik mazmunli boʻlgani hozircha nomaʼlum, biroq bu taxminan ikki hafta oldin boshlangan urushdan keyin tomonlar oʻrtasidagi ilk maʼlum boʻlgan aloqadir”, — deyiladi xabarda.

Portal suhbatdoshlarining soʻzlariga koʻra, Aroqchi Uitkoffga urushni toʻxtatishga eʼtibor qaratilgan matnli xabarlar yuborgan.

Manbalardan birining taʼkidlashicha, AQSH Eronning reparatsiya (tovon puli) toʻlash haqidagi talablarini rad etmoqda. Vashington maʼmuriyati Eron bilan respublikaning jahon hamjamiyatiga integratsiyalashishiga va oʻz neftidan pul ishlab topishiga imkon beradigan kelishuv tuzishga tayyor ekani aytilmoqda.

Avvalroq AQSH Prezidenti Donald Tramp Tehron va Vashington muloqotni davom ettirayotganini bayon qilgan edi. U, shuningdek, Eron tomoni kelishuvga intilayotganini daʼvo qilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер