Avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchalari faoliyatiga cheklovlar kiritilmoqda

12:51 18 Fevral 2024 Jamiyat
518 0

Arxiv foto

Avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchalari faoliyatiga qisqa muddatli cheklovlar kiritilmoqda. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi tomonidan maʼlum qilindi.

Vazirlik axborotida aytilishicha, respublika hududlarida havo haroratining pasayishi natijasida magistral gaz quvurlarida bosimning kamayishi holatlari kuzatilyapti. Shuni inobatga olgan holda, birinchi navbatda, aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obyektlarini tabiiy gaz bilan taʼminlash maqsadida respublikadagi barcha avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchalari (AGTKSH) faoliyatiga qisqa muddatli cheklovlar kiritilmoqda.

AGTKSHlar faoliyatiga kiritilgan cheklovlarni hisobga olgan holda respublikadagi barcha benzin “zapravka”larga avtobenzin mahsulotlarini qoʻshimcha miqdorlarda yetkazib berilishi taʼminlanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер