Avtobusdagi yongʻin bartaraf etildi

15:59 02 May 2023 Jamiyat
672 0

Bugun, 29-aprel kuni soat 13:54 da Toshkent shahar Yakkasaroy tumani “Rakat” mahallasi “Muqumiy” koʻchasida 2-yoʻnalishdagi  harakatlanib ketayotgan  “Mercedes-Benz” rusumli avtobusda yongʻin sodir boʻlganligi toʻgʻrisida tuman FV boʻlimiga xabar kelib tushgan.

Shunga koʻra 2 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 14:01 da yetib borib, yongʻin soat 14:08 da oʻchirilgan.

Yongʻin oqibatida avtobusning motor qismi yonib zararlangan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok boʻlganlar yoʻq.

Yongʻin sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori mutaxassislar tomonidan aniqlanmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер