Avtobusda noanʼanaviy xizmat koʻrsatilmoqda
Illyustrativ foto
“Xalq soʻzi Online”. Temur Eshboyev/Navoiy. Navoiy viloyatida ikkita avtobus aholiga noanʼanaviy xizmat koʻrsatmoqda.
Davlat xizmatlari agentligi agentlikning Navoiy viloyat boshqarmasiga aholiga sayyor davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun 2 ta avtobus topshirdi.
Ilgariroq boshqarma tizimidagi shahar va tumanlar davlat xizmatlari markazlari “Damas” avtomashinalari bilan taʼminlangan edi. Endilikda xizmat sifatini oshirish va tezkor davlat xizmatlari koʻrsatishda avtobuslar ancha qulay boʻlmoqda.
Boisi mijoz endilikda avtobus salonida qabul qilinib, unga kompyuter, printer, internetga ulanish moslamasidan foydalangan holda xizmat koʻrsatilmoqda. Shuningdek, mazkur transport vositasida sayyor kassa, notarius, fuqarolik holatlari dalolatnomalarini yozish va boshqa bank xizmatlari ham koʻrsatish imkoniyatlari mavjud.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring