Avtobus haydagan “Shumaxer” va salonda tamaki chekkan chiptachi jazolandi
Joriy yilning 21-fevral kuni 12 avtobus saroyi tasarrufidagi 130 yoʻnalishda qatnovchi avtobus haydovchisi M.U yoʻlovchi tashish qoidalarini qoʻpol ravishda buzib, yoʻnalishli taksi transport vositasi bilan poyga oʻynagan. Haydovchining avtobusni toʻxtatishdagi keskin harakati natijasida yoʻlovchi R.K yiqilib, jarohatlangan. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” xabar berdi.
Ushbu koʻngilsiz voqea ijtimoiy tarmoqlardagi muhokamalarga sabab boʻldi.
Avtobus haydovchisi yoʻlovchi olib yurish tartib-qoidalarini qoʻpol ravishda buzganligi uchun unga nisbatan Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan bayonnoma tuzildi. Undan tashqari oylik maoshi hisobidan jarimaga ham tortildi.
Bundan tashqari, 1-avtobus saroyi tasarrufidagi 15-yoʻnalishda chiptachi boʻlib ishlovchi K.F harakat vaqtida avtobus salonida tamaki mahsuloti isteʼmol qilgani uchun oylik maoshidan jarima toʻlaydigan boʻldi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring