Avtobus agʻdarilib ketdi. Qurbonlar bor
Illyustrativ foto
Uganda sharqidagi Kapchorva tumanida avtobusning jarlikka qulashi oqibatida 19 kishi hayotdan koʻz yumdi, 6 kishi jarohatlandi. Bu haqda Sinxua agentligi xabar berdi.
Politsiyaning dastlabki maʼlumotlariga koʻra, avtobus haydovchisi boshqaruvni yoʻqotishi oqibatida transport vositasi agʻdarilib ketgan va Kapchorva-Mbale trassasida qoyadan pastga qulab tushgan. Jabrlanganlar shifoxonaga yotqizilgan.
Statistik maʼlumotlarga koʻra, Uganda dunyoda YTH oqibatida oʻlim darajasi eng yuqori boʻlgan davlatlardan biridir. Bu yerda har yili qariyb 20 mingta yoʻl-harakat hodisasi qayd etiladi, 2 mingga yaqin inson buning natijasida hayotdan koʻz yumadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring