Avstriyada 48 davlat ishtirokidagi xalqaro mashgʻulotlar boshlandi
Oʻzbekiston terma jamoasi Avstriyaning Mittersil shahrida oʻtkazilayotgan xalqaro oʻquv-mashgʻulot yigʻinidagi ishtirokini boshlab oldi.
Yilning ushbu ilk xorij yigʻinida 22 nafar dzyudochimiz qatnashyapti. Terma jamoamiz 16-yanvar kuni Avstriyadan Toshkentga qaytib keladi va 2023-yilgi mavsumning ilk IJF musobaqasi — Portugaliya Gran-prisiga tayyorgarlikni poytaxtda davom ettiradi. Almadadagi musobaqa 27-29-yanvar kunlari boʻlib oʻtadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring