Avstriya koronavirusga qarshi majburiy emlashni toʻxtatdi
Illyustrativ foto
Avstriya hukumati mamlakat aholisini koronavirusga qarshi majburiy emlash toʻgʻrisidagi qonunni toʻxtatib turishga qaror qildi.
Bu haqda Yevropa ishlari va konstitutsiya boʻyicha vazir Karolin Edtshtadler maʼlum qildi. Siyosatchining taʼkidlashicha, maxsus ekspertlar komissiyasi “COVID-19”ga qarshi majburiy emlashdan vaqtinchalik voz kechishni tavsiya qilgan.
“Sogʻliqni saqlash vaziri bilan maslahatlashuvlardan soʻng biz komissiya taklifiga amal qilish va shunga koʻra majburiy emlashni toʻxtatish toʻgʻrisida qaror qabul qildik”, deydi u.
Avstriyada joriy yilning 20-yanvar kuni koronavirusga qarshi majburiy emlashni joriy etish toʻgʻrisidagi qonun qabul qilingan edi. Bu tartib Avstriyada roʻyxatdan oʻtgan 18 yoshdan oshgan barcha fuqarolar uchun amal qilishi nazarda tutilgan. Unga koʻra, vaksina olmaganlar shu yilning 15-martigacha “COVID-19”ga qarshi emlanishi kerak edi.Австрия
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring