Avstriya 18 yoshdan oshgan barcha fuqarolarga “COVID-19”ga qarshi majburiy emlash joriy qilmoqchi
Illyustrativ foto
Avstriyada fevral oyi boshida koronavirusga qarshi majburiy emlash boshlanadi va bu jarayonda barcha katta yoshli aholi qamrab olinadi. Bu haqda mamlakat kansleri Karl Nexammer aytib oʻtdi.
Siyosatchi tegishli qonun loyihasi haqida maʼlumot berib, 18 yoshdan oshgan barcha fuqarolarni emlash rejalashtirilayotganini maʼlum qildi. Taʼkidlanishicha, tashabbus ikki hukmron partiya deputatlari tomonidan qoʻllab-quvvatlanganidan keyin kuchga kirishi mumkin. Ovoz berish 20-yanvarga belgilangan.
Avvalroq, mamlakat hukumati “COVID-19”ga qarshi emlash 14 yoshdan oshgan har bir avstriyalik uchun majburiy boʻlishini maʼlum qilgan edi.
Kansler baʼzi tahrirlardan soʻng qonun loyihasi tez orada yakuniy shaklda taqdim etilishini taʼkidladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring