Avstraliyadagi rasadxonaga dunyodagi eng katta radioteleskop oʻrnatiladi
Foto: Zukaz
Avstraliyadagi Murchison rasadxonasida dunyodagi eng katta radioteleskop oʻrnatiladi.
Ushbu ishni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan qurilish maydonchasi allaqachon tayyor, deya xabar beradi Xalqaro Radioastronomik tadqiqotlar markazi (ICRAR) matbuot xizmati.
Maʼlumotlarga koʻra, 2027-yilda ishga tushirilishi rejalashtirilayotgan SKA (Square Kilometr Array) rasadxonasi bir kvadrat kilometr maydonga ega boʻlgan antennaga birlashtirilgan uch mingta “tarelkalardan” iborat boʻladi.
Astronomlar ushbu tizim koinotning birinchi yulduzlarini “oʻrganish”, qora materiya sirini ochish va tezkor radiotoʻlqinlar sabablarini aniqlashga imkon berishiga umid qilishmoqda.
Qayd etilishicha, mazkur loyiha doirasida rejalashtirilgan yana bir yirik teleskop Janubiy Afrikaga joylashtirilgan boʻlib, “MeerKAT” deb nomlanuvchi obyektning qurilishi ikki yil oldin yakunlangan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring