Avstraliya 33 million dollarlik yordam doirasida Ukrainaga uchuvchisiz uchoqlarni taqdim qiladi

00:37 24 Fevral 2023 Dunyo
861 0

Arxiv surat

Avstraliya Ukrainaga 33 million dollarlik yordam paketi doirasida dronlarni taqdim etadi.

Federal hukumatga koʻra, tegishli paketning bir qismi sifatida uchuvchisiz uchish tizimlari Kiyevga topshiriladi.

Avstraliya Mudofaa vaziri Richard Marlesning aytishicha, yordam Ukraina Qurolli kuchlari uchun kuzatuv va jang maydonini razvedka qilish imkoniyatlarini beradi.

“The Guardian” gazetasining yozishicha, bular qurolsiz uchuvchisiz samolyotlar boʻlib, qoʻshinlar harakatini kuzatishda foydalaniladi.

Bungacha Avstraliya Ukrainaga 0,5 million dollardan ortiq harbiy yordam koʻrsatgan, jumladan, 90 ta “Bushmaster” zirhli texnikasi, artilleriya va oʻq-dorilar.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер