“Avliyo Sofiya” yana masjidga aylandi
Turkiya Davlat Kengashining qaroriga binoan Istanbul shahridagi “Avliyo Sofiya” tarixiy obidasi qaytadan masjidga aylantiriladigan boʻldi. Bu haqda “CNN Turk” telekanali xabar bergan.
Bir paytlar Sharqiy Rim imperiyasidagi eng yirik masjid boʻlgan “Avliyo Sofiya” 537-yilda barpo etilgan. Usmoniylarning yosh hukmdori Sulton Mehmet 1453-yilda Istanbulni fath qilgach, mazkur cherkov masjidga aylantirildi. Shu tariqa “Avliyo Sofiya” Istanbulning ramzi boʻlib keldi.
1935-yilda, yaʼni Turkiyaning birinchi prezidenti Mustafo Kamol Otaturk paytida “Avliyo Sofiya” masjiddan muzeyga aylantirildi va YUNESKO butunjahon merosi obyektlari roʻyxatiga kiritilgandi. Davlat Kengashi qarorida taʼkidlashicha, “Avliyo Sofiya” masjid sifatida vaqf qilingan va u boshqa maqsadda ishlatilishi mumkin emas.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻon avvalroq Avliyo Sofiya ibodatxonasi maqomini oʻzgartirish, uni muzeydan masjidga aylantirish imkoniyatlari boʻyicha davlat kengashi qarorini kutayotganini maʼlum qilgandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring