Aviachiptalar pullari qaytarib berildi

15:27 11 Iyun 2020 Jamiyat
1287 0

Fargʻona viloyati Bagʻdod tuman isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga Choʻrindi qishlogʻida yashovchi Mahkamovlar oilasidan murojaat kelib tushdi. Unda oilaning 4 nafar vakili joriy yil mart oyida Rossiya Federatsiyasi Moskva shahriga olingan aviachiptadan fors-major holat yuzaga kelib foydalana olmaganliklari sababli pulini qaytarib ololmayotganliklari bayon etilgan.

Maʼlum boʻlishicha, 4 nafar ogʻa-ini Mahkamovlar olingan chipta boʻyicha joriy yilning mart oyida Fargʻona (Oʻzbekiston) – Vnukovo (Moskva, Rossiya) yoʻnalishi boʻyicha uchishlari kerak boʻlgan, lekin mamlakatimizda, shuningdek, dunyoning koʻpgina boshqa davlatlarida ham eʼlon qilingan karantin tadbirlari natijasida aviaqatnovlarning toʻxtatilishi ularning ushbu rejasini amalga oshmay qolishiga sabab boʻlgan. Oʻz-oʻzidan maʼlumki, ularga mazkur holat boʻyicha dastlab biroz shoshmay turishlik soʻralgan, lekin aviaqatnovlarning qachon qayta tiklanishi yuzasidan hech kim aniq maʼlumot bera olmagan. Shundan soʻng ular aviachipta uchun toʻlangan pulni qaytarilishini talab qilganlar. Lekin shu kunga qadar ular aviachipta pulini qaytarib ololmaganlar.

Masalani Bagʻdod tuman isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan oʻrganib chiqilishi jarayonida, isteʼmolchilarning aviachipta uchun toʻlangan umumiy summasi 6 280 000 (olti million ikki yuz sakson ming) soʻm pullarini qaytarishga erishildi. Bir necha kunlar davomida yechimi noaniq boʻlib kelgan muammoni bartaraf etib berilganligi uchun fuqarolar yozma ravishda oʻz minnatdorchiliklarini izhor qildilar.

“Hurmatli isteʼmolchi! Agarda sizning isteʼmolchi sifatidagi huquqlaringiz buzilsa, Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyaning 1091 yagona qisqa raqamli ishonch telefoniga murojaat qilishingiz mumkin” deyiladi Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi axborot xizmati xabarida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер