Avia yuk tashuvlari sohasida «E-freight» xalqaro standarti joriy etiladi

07:03 09 Fevral 2023 Siyosat
926 0

Mamlakatimizda havo transportida yuk tashuvlari raqobatbardoshligini oshirish, “Yagona darcha” tamoyili asosida idoralararo maʼlumotlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish orqali biznes jarayonlarini soddalashtirish maqsadida avia yuk tashuvlari sohasida «E-freight» xalqaro standartini joriy etishni jadallashtirish masalasiga bagʻishlangan navbatdagi yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Transport vaziri oʻrinbosari Jasurbek Choriyev boshchiligida boʻlib oʻtgan yigʻilishda tegishli vazirlik va idoralar vakillari avia yuk tashuvlari sohasida hujjatlarni elektron rasmiylashtirish va kuzatib borishning «E-freight» xalqaro standartini joriy etish yoʻnalishidagi mavjud muammolar va ularning yechimi yuzasidan fikr almashdi.

Xalqaro aviatsiya transporti birlashmasi (IATA) tavsiyasiga muvofiq havo transportida yuklarni elektron rasmiylashtirish va kuzatish «E-freight» standartini joriy etish biznes jarayonlarini soddalashtirishga, xarajatlarni kamaytirishga va maʼlumot almashinuvini tezlashtirishga qaratilgan xalqaro tarmoq dasturining bir qismidir.

Ushbu standartning joriy etilishidan maqsad ishonchlilikni oshirish, yuklarni yetkazib berish vaqtini hamda avia yuk tashuvlari jarayonida hujjatlarni elektron rasmiylashtirish va kuzatib borish xarajatlarini qisqartirishga xizmat qiladi. Qolaversa, nazorat qiluvchi organlar uchun axborot xavfsizligi va ishonchliligini oshirishni taʼminlaydi.

Uchrashuv davomida ilgʻor xorijiy mamlakatlarda havo transportida yuk tashuvlarini rasmiylashtirish jarayonida qoʻllanilayotgan elektron platformalarning ish faoliyati yuzasidan taqdimotlar va oʻrganishlar oʻtkazildi.

Uchrashuv nihoyasida ishchi guruh tarkibiga kiritilgan vazirlik va idoralar aʼzolariga keyingi qilinadigan ishlar va vazifalar boʻyicha aniq topshiriqlar berildi va “E-freight” ni tatbiq etishni jadallashtirish mexanizmi ishlab chiqildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер