Atamboyev hibsxonada qanday sharoitda saqlanmoqda?

10:22 15 Avgust 2019 Jamiyat
832 0

Illyustrativ foto

Qiynoqlarni oldini olish boʻyicha markaz rahbari Nurdin Sulaymonov Qirgʻiziston sobiq prezidenti Almazbek Atamboyev vaqtincha saqlash hibsxonasida sharoitlarni oʻrgandi. Bu haqda Sputnik xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, Almazbek Atamboyev ikki oʻrinli kamerada saqlanmoqda. Siyosatchi izolyator xodimlari harakatlariga hech qanday eʼtiroz bildirmadi. Tibbiy koʻrik (bir kunda uch marta qon bosimi oʻlchanmoqda) va kerakli dorilar mavjud. Advokatlik yordam koʻrsatilyapti.

Atamboyev ikkita masala hal qilinishi uchun yordam soʻradi: kechasi chiroqni oʻchirish va eshikni yopishga ruxsat olish.

Bundan tashqari, Atamboyevga nisbatan yana ikki ayblov ilgari surildi. Bular Bishkek TEM va “Mediaforum” binosini modernizatsiyasi bilan bogʻliq ishlar.

Qiynoqlarni oldini olish markazi Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi rahbariyatiga siyosatchining iltimoslarini koʻrib chiqishni tavsiya qildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер