Аsosiy maqsad — eʼtibor, rag‘bat va masʼuliyat

19:03 07 Oktyabr 2021 Jamiyat
1318 0

Oltiariq tumani ikkinchi sektor shtabi va tegishli barcha mutasaddi idoralar hamkorligida ustuvor vazifalar ijrosini o‘z vaqtida amalga oshirish maqsadida alohida chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan.

Belgilangan reja asosida aholining kam taʼminlangan qatlamlarini ijtimoiy himoya qilish, koronavirus pandemiyasi davrida aholining nochor qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, ularni zarur oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash va eng asosiysi doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishiga jiddiy eʼtibor qaratilyapti.

Аyni paytda tuman 2-sektor hududida qariyb 10,5 mingta xonadon mavjud bo‘lib, ularning barchasiga uyma-uy kirib chiqildi. Natijada ularda aniqlangan 296 ta muammoning 95 foizi bartaraf etilishi taʼminlandi.

Pandemiya davrida xalqimizning extiyojmand qatlamini qo‘llab-quvvatlash uchun “Saxovat va ko‘mak” umumxalq harakati bo‘yicha tizimli ishlar olib borildi. O‘tkazilgan xatlov natijalariga asosan saxovat va ko‘makka muhtoj 445 ta ana shunday xonadonlar aniqlandi. O‘tgan vaqt mobaynida ushbu oilalarga muntazam ravishda moddiy-mʼnaviy yordam ko‘rsatilmoqda.

Sektor tomonidan “temir daftar”, “yoshlar daftari” va “ayollar daftari”ga kiritilgan oilalarga amaliy yoram berish ham doimiy eʼtiborda. Hamkorlikdagi saʼy-harakatlar samarasi sifatida Xalq deputatlari tuman Kengashining qarorlariga asosan joriy yilda 59 ta “temir daftar”, ming nafardan ziyod 18-30 yoshdagi hamyurtlarimiz “yoshlar daftari”, 500 nafar ijtimoiy-psixiologik yordamga muhtoj ayollar “ayollar daftari”dan chiqarilishiga erishildi. 

Birgina “yoshlar daftari”i yo‘nalishida 208 nafar yoshlar ishga joylashtirildi, 236 nafariga o‘zini o‘zi band qilishiga amaliy yordam berildi,  65 nafar yoshlarga kooperatsiya asosida, 397 nafariga ijarada foydalanish uchun yer ajratildi. Tadbirkorlik qilish istagidagi 115 nafar yoshlarga 2,2 mlrd. so‘m imtiyozli kredit berildi.

Shuningdek, o‘tgan to‘qqiz oy davomida prokuror tomonidan o‘tkazilgan 44 ta sayyor qabullarda 375 nafar fuqaroning muammolari eshitilib, 212 tasi ijobiy hal etilishiga ko‘maklashildi.

Sektor xududidagi  ijtimoiy soxa obьektlarin o‘rganish natijasida 170 obьektlarda jami 160 ta muammolar borligi aniqlandi. Shu asosda 59 ta muammo bartaraf etildi, qolgan muammolarni hal etish uchun tegishli tashkilotlar va muassasalarga aloqa xatlari yuborildi va ijrosi nazoratga olindi.

“Har bir oila — tadbirkor” dasturi bo‘yicha sektor hududida yashovchi 231 nafar fuqarolarga 2090,0 mln. so‘m kredit mablag‘lari ajratilishida amaliy yordam ko‘rsatildi. Natijada 380 nafar hamyurtlarimiz doimiy ish bilan band bo‘lishi, turmush sharoiti yaxshilanishiga erishildi.

Bugungi kunga qadar ko‘rsatilgan amaliy yordamlar natijasida “Temir daftar”ga kiritilgan 431 ta oila kam taʼminlanganlik toifasidan chiqarildi. Bundan tashqari, mazkur turdagi oilalardagi mehnat bilan band bo‘lmagan 519 nafar fuqaro ishga joylashtirildi, 5 nafarining uy-joylari taʼmirlab berildi.

Аholi bandligini taʼminlash soxasi bo‘yicha sektor xududida ko‘rsatilgan amaliy yordamlar natijasida 518 nafar fuqaro ish bilan taʼminlandi. O‘tgan davr mobaynida sektorda prokurorning tashabbusi bilan hududlarda 5 marotaba bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkalari o‘tkazildi.

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonida sektor hududidagi 6 392 ta xonadon va ijtimoiy sohalarda tabiiy gaz bilan taʼminlanish holatini yaxshilash yo‘nalishida gaz taqsimlash qurilmalari texnik ko‘rikdan o‘tkazildi.

Elektr energiyasi bo‘yicha sektor hududida 10 443 nafar aholi isteʼmolchilari, 327 ta ulgurji isteʼmolchi mavjud bo‘lib, ularning elektr energiya taʼminotini yaxshilash maqsadida 14 ta transformator punkti va 18,5 km. havo tarmoqlari joriy taʼmirdan chiqarildi.

Аholini ichimlik suvi bilan taʼminlash maqsadida “Аzimobod” MFYda uzunligi 2,5 km., “Bo‘ston” MFYda 1,5 km., “Yuksalish” MFYda 0,3 km. ichimlik suv tarmog‘i tortilib, 300 dan ortiq xonadonning ichimlik suv taʼminoti yaxshilanishiga erishildi. 

Yoshlarni keng tafakkurli, bilimli va barkamol qilib tarbiyalash, maʼnaviyatini yuksaltirish, aholi, ayniqsa, navqiron avlod o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish yuzasidan prokuror sektori hududida  kutubxonalar tashkil etildi. Xususan, umumtaʼlim muassasalari o‘quvchilari uchun o‘n beshdan ortiq “ZIYo” kitob do‘konlari foydalanishga topshirildi.

Sektorda o‘z binolariga ega bo‘lmagan mahalla fuqarolar yig‘inlariga amaliy yordam ko‘rsatilib, “Ko‘mirchi” va “Beglar” MFY binolari davlat-xususiy sherikligi asosida yangidan qurildi.

O‘tkazilgan uchrashuvlar va bevosita muloqotlar davomida tadbirkorlarning turli muammolari mavjudligi aniqlanmoqda, ularni ijobiy hal qilinishi  uchun turli choralar ko‘rilmoqda.

Birgina, ushbu yilda tuman prokurorining 30 dan ortiq tadbirkorlar bilan sayyor qabullari o‘tkazilib, qabulda 150 dan ortiq tadbirkorning nazorat idoralari tomonidan noqonuniy tekshirish, kommunal soha, bank, soliq, yer nizosi bilan bog‘liq muammolari alohida nazoratga olindi. O‘z navbatida 20 tasiga litsenziya va ruxsatnoma olish, 10 tasiga kommunal soha, 15 tasiga kredit ajratish bo‘yicha amaliy yordamlar ko‘rsatildi.

Misol uchun,  sektordagi “Enaxon Ona Orzusi” oilaviy korxonasi ana shunday uchrashuvlarda bank tomonidan kredit ajratilishida amaliy yordam so‘ragan. Tadbirkorning murojaati nazoratga olinib, ijobiy hal etilishi tufayli 125 ming АQSh dollari miqdorida kredit ajratilishi taʼminlandi. Natijada 40 dan ortiq yoshlar doimiy ish o‘rniga ega bo‘ldi.

2021 yilda  “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha “Yangiarab” va “Jonibek” MFYlar tanlab olingan. Bu mahallalarda 9 mlrd. 865 mln. so‘m mablag‘ ajratilib, shundan respublika byudjeti mablag‘laridan 3.920 mlrd. so‘m, mahalliy byudjet mablag‘laridan 4.096 mlrd. so‘m, tarmoq korxonalari mablag‘idan 542 mln. so‘m ishlar bajarilishi belgilangan. Oltiariq tumani bo‘yicha dasturlar doirasida 86191,0 mln. so‘m mablag‘lar ajratilishi rejalashtirilgan.

Dasturlar ijrosini o‘z vaqtida, sifatli tashkil etish, ajratilgan mablag‘larni manzilli va samarali sarflanishini taʼminlash, talon-torojliklarni oldini olish maqsadida ishchi guruh tuzilib, ularning faoliyati muvofiqlashtirib borilmoqda. Ishchi guruhlariga dasturlar ijrosiga bevosita masʼul bo‘lgan barcha korxona, tashkilot va idoralarning 17 nafar masʼul xodimlari jalb qilingan.

Bu yil tumanda foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan 379 ta obʼektlardan 284 tasi foydalanishga topshirildi. 95 ta obʼektda qurilish-taʼmirlash ishlari amalga oshirilyapti. O‘rganishlar natijasida 379,0 mln. so‘mlik sifatsiz ishlar aniqlanib, bartaraf etilishi va 45 mln. so‘mlik hisobotlarga qo‘shib yozish holatlari hisobotlardan chiqarilishiga erishildi.

Olib borilayotgan barcha ishlar Vatan ravnaqi va xalqimiz farovonligini taʼminlash yo‘lidagi saʼy-harakatlardir.

 

“Xalq so‘zi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер