Askar onalari sharaflandi

10:50 10 Yanvar 2022 Jamiyat
616 0

Foto: Халқ сўзи

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini tashkil etilganining 30 yilligi munosabati bilan Sharqiy harbiy okrugi Namangan gornizonida joylashgan Gʻurumsaroydagi harbiy qismda tashkil etilgan telemuloqot sharafli burchini ado etayotgan bir guruh askarlar va ularning onalari uchun chinakam bayram tuhfasi boʻldi. “Askar onalarini sharaflaymiz!” shiori ostida oʻtkazilgan onlayn diydorlashuv ulardagi sogʻinch hissiga malham boʻldi.

Bunday hayajonli damlarda aytiladigan gaplar bisyor boʻladi: onalar sogʻinchlarini toʻkib solishsa, oʻgʻlonlar harbiylikdagi hayot, Vatan himoyachisi, degan sharafli nomni ulugʻlash yoʻlidagi intilishlari xususida toʻlib-toshib soʻylaydilar.

Shunday qilib namanganlik ota-onalar Qoraqalpogʻistonda oʻz yigitlik burchini oʻtayotgan farzandlari bilan, qoraqalpogʻistonlik ota-onalar esa vodiyda xizmat qilayotgan askar oʻgʻlonlari bilan onlayn muloqotda boʻldilar. Bayramoldi tadbiriga tashrif buyurgan askar onalariga alohida ehtirom koʻrsatildi. Ularga gullar va esdalik sovgʻalari tuhfa kilindi. Harbiy qism orkestri tomonidan taqdim etilgan musiqali dastur koʻngillarga oʻzgacha shukuh olib kirdi.

Qudratilla NAJMIDDINOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер