Ashraf Gʻani Oʻzbekistonning Afgʻonistondagi tinchlik va hamjihatlikka koʻmaklashish borasidagi saʼy-harakatlarini yuqori baholadi

11:11 29 Noyabr 2018 Jamiyat
1420 0

Afgʻoniston boʻyicha xalqaro konferensiyada ishtirok etayotgan Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 28 noyabr kuni Jeneva shahrida Afgʻoniston Islom Respublikasi Prezidenti Muhammad Ashraf Gʻani bilan uchrashdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarga koʻra, suhbat chogʻida Oʻzbekiston bilan Afgʻoniston oʻrtasidagi munosabatlarning hozirgi holati va ularni kengaytirishning istiqbollari muhokama qilingan.

Bugungi kunda ikki davlat Prezidentlarining rahbarligi ostida va shaxsan ishtiroki natijasida koʻp qirrali va oʻsuvchan ahamiyat kasb etib borayotgan Oʻzbekiston – Afgʻoniston muloqotining izchil rivojlanayotgani eʼtirof etildi, deyiladi xabarda.

Muhammad Ashraf Gʻani Oʻzbekistonning Afgʻonistondagi tinchlik va hamjihatlikka koʻmaklashish borasidagi saʼy-harakatlarini yuqori baholadi hamda mamlakatdagi yirik infrastruktura va ijtimoiy-iqtisodiy loyihalarni amalga oshirishdagi qoʻllab-quvvatlash va ishtirok uchun minnatdorchilik izhor etdi.

Uchrashuvda tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham koʻrib chiqilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер