Ashxobodda CASCA+ multimodal transport yoʻlagini rivojlantirish masalasi muhokama qilinmoqda

19:06 16 Noyabr 2023 Jamiyat
306 0

2023-yil 15-noyabr kuni Ashxobod shahrida “Osiyo-tinch okeani mintaqasi mamlakatlari-Xitoy-Qirgʻiziston-Oʻzbekiston-Turkmaniston-Ozarbayjon-Gruziya-Turkiya-Yevropa” xalqaro multimodal yoʻnalishi boʻyicha ishtirokchi mamlakatlar temir yoʻl operatorlarining uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda mazkur xalqaro multimodal yoʻnalishda yuk tashish hajmini oshirish, transport infratuzilmasini rivojlantirish va ishtirokchi davlatlar oʻrtasidagi iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash masalalari muhokama etilmoqda.

Uchrashuv davomida maʼlum qilinishicha, koridor boʻylab yuk tashish samaradorligini oshiradigan va operatsiyalarni optimallashtiradigan raqamli onlayn platforma ishlab chiqilgan va foydalanishga topshirilgan. Ushbu platforma tovarlarni yetkazib berish vaqtini qisqartirish, konteynerlarni kuzatib borish va qoʻshimcha yuklarni jalb qilish imkoniyatini yaratadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер