“Ashxobod” sayilgohida ochiq osmon ostida konsert dasturi namoyish etildi

15:22 07 May 2018 Madaniyat
2345 0
Foto: "Хаlq so`zi online"

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi alohida harbiy na’munali-ko‘rgazmali orkestori va Milliy gvardiya ixtiyoridagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa va san’at litseyi poytaxtimiz aholisi va mehmonlarga navbatdagi ochiq osmon ostidagi konsert dasturini havola etdi. 

9 may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan o‘tkazilgan navbatdagi madaniy tadbirga bu gal yangicha qiyofa kasb etgan “Ashxobod” sayilgohi mezbonlik qildi. Konsert davomida yangragan kuy-qo‘shiqlarda Vatanni sevish, harbiy vatanparvarlik g‘oyalara tarannum etildi. 

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi matbuot xizmati tomonidan “Xalq so‘zi online”ga ma’lum qilinishicha, konsertni mingdan ortiq tomoshabinlar kuzatib bordi. Bunday madaniy tardirlarni Toshkent shahridagi boshqa istirohat bog‘larida ham o‘tkazish rejalashtirilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер