Asakaliklar tomorqadan besh martagacha hosil oladilar
Foto: “Xalq so‘zi”
Andijon viloyatida tabiatan omilkor aholi tomorqadan toʻrt marta hosil olib, bir parcha yerni ham moʻmay daromad manbaiga aylantirishi odatiy hol sanaladi. Qizigʻi, tomorqa dehqonchiligining xadisini olgan asakaliklar ekkan sabzavotu polizlaridan besh martagacha hosil olishning uddasidan chiqmoqdalar.
– 15 sotix tomorqam bor,– deydi “Obod” MFYda istiqomat qiluvchi Bozorboy Sobirov. – Hozirda issiqxona sharoitida bulgʻor qalampiri yetishtiryapman. Issiqxonani mahalliy sharoitga moslab, “termos” usulida qurganman. Shuning uchun faqat qish qahratonidagina isitaman.
Bozorboy aka har yili tomorqasidan besh marotaba hosil oladi. Yillik daromadi esa 180 million soʻmni tashkil etmoqda. Eplaganga elakda suv, deb shuni aytsalar kerak-da!
Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring