“Arsenal”ning 13 ta oʻyin davom etgan magʻlubiyatsiz seriyasi yakunlandi
Kecha, 25-yanvar kuni Angliya Premyer ligasining 23-turidan oʻrin olgan oʻyinlar davom ettirildi. Kun doirasidan oʻrin olgan bahsda “Arsenal” klubi oʻz maydonida “Manchester Yunayted” jamoasini qabul qildi.
Uchrashuv mehmonlarning 3:2 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi. Oʻyinda kiritilgan gollarga gʻoliblardan Brayan Mbemo, Patrik Dorgu va Mateus Kunya mualliflik qildi. “Arsenal”ning javob gollari esa Mikel Merino va avtogol sifatida Lisandro Martineslarning hisobiga yozildi.
Shu tariqa “Arsenal” jamoasining 13 ta oʻyindan beri davom etib kelgan magʻlubiyatsiz seriyasi yakunlandi. Ushbu gʻalaba evaziga “Manchester Yunayted” jamoasi turnir jadvalida toʻrtinchi oʻringa koʻtarilib oldi. “Arsenal” esa peshqadamlikni saqlab qoldi. Ammo ikkinchi oʻrindagi jamoa bilan tafovut 4 ochkogacha qisqardi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring