“Arsenal” kutilmaganda magʻlub boʻldi
Kecha, 11-aprel kuni futbol boʻyicha Angliya Premyer ligasining 32-tur oʻyinlari davom ettirildi. Kun doirasidan oʻrin olgan bahsda “Arsenal” jamoasi oʻz maydonida “Bornmut” klubini qabul qildi. Uchrashuv mehmonlarning 2:1 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi.
Oʻyinda hisob 17-daqiqada ochildi. Eli Junior Krupi mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. 35-daqiqada Viktor Gyokeresh penaltidan hisobni tenglashtirdi. Birinchi boʻlim 1:1 hisobi bilan yakunlandi.
Ikkinchi boʻlimning 74-daqiqasida mehmonlar gʻalaba keltiruvchi golni kiritishdi. Mazkur golga Aleks Skott mualliflik qildi.
Shu tariqa muhim oʻyinda ochko yoʻqotgan Mikel Arteta boshchiligidagi jamoa “Manchester Siti” bilan ochkolar sonini 3 ochkoga qisqartirib oldi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring