“Arsenal“ bosh murabbiysi Arteta ham koronavirus yuqtirib olgan. Jamoa karantinga olindi

07:35 13 Mart 2020 Sport
1110 0

Londonning “Arsenal“ klubi bosh murabbiysi Mikel Artetaning koronavirus infeksiyasiga topshirgan testi natijasi ijobiy boʻlib chiqdi. Bu haqda jamoa rasmiy bayonot berdi. “Kanonirlar“ning “London Kolni“ mashgʻulot markazi karantin sabab yopilgan.

Bundan tashqari, “Arsenal“ning Mikel bilan yaqin aloqada boʻlgan boshqa ishchi-xodimlari ham davlat sogʻliqni saqlash prinsiplariga muvofiq alohida izolyatsiya qilinadi. Ular orasida butun jamoa va murabbiylar shtabi, shuningdek, ehtiyotkorlik nuqtayi nazaridan faoliyatini vaqtincha toʻxtatgan Xeyl-End akademiyasining bir necha nafar vakillari bor.
Eslatib oʻtamiz, Italiyaning “Yuventus” klubi himoyachisi Daniel Rugani, “Sampdoriya“ hujumchisi Manolo Gabbyadini va yana bir qator sport olami vakillari koronavirusni yuqtirib olganidan xabaringiz bor.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер