Arnasoyda yengil konstruksiyali doʻkonlar ish boshladi

16:54 12 Noyabr 2020 Iqtisodiyot
1701 0

Arnasoy tumani aholisiga yana-da qulayliklar yaratish, tumanni oʻzida yetishtirilayotgan qishloq xoʻjalik va oziq-ovqat mahsulotlarini shu yerdagi aholiga arzonroq sotish maqsadida tuman dehqon bozori atrofida yengil konstruksiyali savdo doʻkonlari tarmoqlari qurib foydalanishga topshirildi.

Tumanning bir qismi Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi bilan ulanib ketgan boʻlsa yana bir qismi keng ekin maydonlari, Mirzachoʻl va Zafarobod tumanlarini bilan bogʻlanib ketgan. Keyingi uch yilda tumanda olib borilayotgan islohotlar natijasida tuman markazi va uning mahallalari kishini havasi keladigan darajada oʻzgarishiga olib kelindi.

— Tuman markazi obod boʻlishi bilan bir qatorda bu yerda doimiy yashovchi va koʻchib keluvchilar soni orta boshladi, — deydi tadbirda ishtirok etgan Jizzax viloyat Xalq qabulxonasi mudiri Bayram Uzoqov. — Tumanga koʻllar tizimi yaqin boʻlgani uchun turistik yoʻnalish imkoniyatlari ham oʻz mevasini bera boshladi. Mehmonlar va tuman aholisi yangi doʻkonlar imkoniyatlaridan foydalanib arzonlashtirilgan va eng asosiysi tumanni oʻzida yetishtirilgan mahsulotlardan xarid qilishadi.

Yangi qurilgan va muntazam ishlashga moʻljallangan yengil konstruksiyali savdo yarmarkalari keyingi bosqichlari tumanning boshqa mahalla fuqarolar yigʻilarida qurish ishlari rejalashtirilgan.

Tolibjon ERGASHEV,
(“Xalq soʻzi”)

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер