Armaniston Falastinni davlat sifatida tan oldi
Armaniston Falastinni mustaqil davlat sifatida rasman tan oldi. Bu haqda mamlakat Tashqi ishlar vazirligi bayonotida keltirilgan.
«Armaniston Gʻazoda zudlik bilan oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha BMT rezolyutsiyasini qoʻllab-quvvatlaydi va Falastin-Isroil mojarosini ikki davlat asosida hal etish tarafdori», deyiladi vazirlik keltirgan xabarda.
Avvalroq Norvegiya, Irlandiya va Ispaniya ham Falastinni mustaqil davlat sifatida tan olgan edi. Iyun oyining boshida esa Sloveniya ham shunday qarorga kelgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring