Arktikada havo harorati rekord darajada koʻtarildi — bunday holat oxirgi bor 1971-yilda kuzatilgan
Shimoliy qutbdan 1300 kilometr uzoqlikda joylashgan Shpisbergen arxipelagida olimlar meteorologik kuzatuvlar tarixidagi eng yuqori haroratni qayd etishdi.
Bu haqda Norvegiya Meteorologiya instituti xabar bermoqda.
«25-iyul kuni kechqurun (mahalliy vaqt bilan soat 18.00da) Shpisbergenda 21,7 daraja harorat qayd etildi, bu 1979-yildagi kuzatilgan avvalgi rekorddan 0,5 darajaga koʻp», deyiladi xabarda.
Taʼkidlanishicha, arxipelagdagi haroratning koʻtarilishiga issiqlik toʻlqini sabab boʻlgan. Shu sababli, rekord oʻrnatilishidan ikki kun oldin, harorat 21 darajadan oshgan. Odatda, bu davrda harorat 8 darajadan yuqorilamaydi.
«Shpisbergenning 2100-yildagi iqlimi» hisobotining mualliflari soʻzlariga koʻra, asr oxiriga kelib arxipelagdagi oʻrtacha harorat 7-10 darajaga koʻtariladi. Buning sababi atmosferaga issiqxona gazlari chiqindilarining koʻpayishi boʻladi.
Norvegiya meteorologlari 1971-yildan 2017-yilgacha Shpisbergenda harorat allaqachon, ayniqsa, qishda, 3-5 darajaga koʻtarilganligini maʼlum qilishdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring