“Aralashadiganlar juda katta badal toʻlaydi”: Isroil mudofaa vaziri bayonet bilan chiqdi
Isroil mudofaa vaziri Israel Kas Eronga uyushtirilayotgan hujumlar yuzasidan bayonet berdi.
“Isroil tahdid amalga oshadigan paytni kutmadi. Biz ekstremist va qotil rejimning Isroil va butun dunyoni xavf ostiga qoʻyadigan imkoniyatlarga ega boʻlishining oldini olish uchun harakat qildik”, — deydi Kas oʻz nutqida.
Mudofaa vazirining soʻzlariga koʻra, Isroilni yoʻq qilish bilan tahdid qiladigan har qanday rejim xavfsiz boʻlmaydi.
“Eron rejimining har bir elementi nishonimizdir. Vaziyatga aralashishga urinayotgan har qanday dushmanimiz juda katta badal toʻlaydi”, — degan mudofaa vaziri.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring