Arab davlatlari Gʻazoni qayta tiklash boʻyicha bitim tuzdi, Isroil hukumati esa Oq uydan javob kutmoqda

13:44 05 Mart 2025 Dunyo
223 0

Arab davlatlari yetakchilari AQSh prezidenti Donald Trampning Gʻarbiy Sohilni “oʻzlashtirib olish” taklifiga qarshi turish maqsadida Gʻazoni qayta tiklash uchun boʻyicha besh yillik kelishuvga erishdilar, deb xabar bermoqda “Al Jazeera” nashri.

Unda aytilishicha, Arab davlatlari yetakchilari falastinliklarni hududdan chiqarib yubormoqchi boʻlgan AQSh rahbariga javoban, Gʻazoni qayta qurish borasida besh yillik reja hamda 53 milliard dollar mablagʻ ajratish taklifini bir ovozdan qoʻllab-quvvatlashgan.

Oziq-ovqat, dori-darmon va insonparvarlik yordamlarini Gʻazo hududiga kiritishni taʼqiqlangan Isroil hukumati bu taklifni qoralab, Oq uydan javob xabari kutayotganini bildirgan.

Vaziyatdan xabardor Oq uy esa Trampning bu borada shaxsiy qarashlari borligini hamda holatga toʻliq baho berish uchun hali erta ekanligini taʼkidlash bilan cheklangan, xolos.

HAMAS Misr yetakchiligidagi Arab davlatlarining Gʻazo boʻyicha ushbu kelishuvini qadrlashini hamda imkon qadar tezroq hududda qonunchilik va prezidentlik saylovlarini oʻtkazish lozimligini taʼkidlamoqda.

Eslatib oʻtamiz, 27-yanvar kuni AQSh Prezidenti Donald Tramp Gʻazo aholisini qoʻshni davlatlarga koʻchirish taklifini ilgari surgan edi.

“Men ular betartiblik va zoʻravonliksiz yashashlari mumkin boʻlgan joyda hayot kechirishini istayman. Gʻazo sektoriga nazar tashlasangiz, u koʻp yillardan beri qiyinchilikda yashashmoqda”, — degandi Amerika rahbari.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер