AQSHdagi Xalqaro dekanlar konferensiyasida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti dekani qatnashdi

14:03 20 Fevral 2023 Siyosat
642 0

Amerika qoʻshma shtatlarida “Xalqaro dekanlar konferensiyasi” boʻlib oʻtdi. AACSB Xalqaro akkreditatsiya tashkiloti tomonidan tashkil etiladigan dunyodagi eng nufuzli va yirik tadbirlardan hisoblangan mazkur konferensiya xalqaro akkreditatsiyadan oʻtishda muammoli holatlar va uning yechimlariga bagʻishlandi.

Dunyoning 700 dan ortiq biznes maktablari dekanlari ishtirok etgan mazkur konferensiyada Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Korporativ boshqaruv fakulteti dekani Ulugʻbek Xoliqov qatnashdi.

Turli seminar, davra suhbatlari va tarmoq imkoniyatlariga boy boʻlgan mazkur tadbir oʻqituvchilar faoliyatidagi pedagogik texnologiyalarning rang-barangligini har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan.

Konferensiya doirasida U.Xoliqov Bruklin biznes maktabi hamda Janubiy Karolina davlat universiteti Xalqaro biznes fakulteti dekanlari bilan koʻrishib, 2023/2024-oʻquv yilidan boshlab talabalar almashinuvini amalga oshirish, oʻquv dasturlarini birgalikda shakllantirish, yozgi maktablar tashkil qilish, xalqaro akkreditatsiyadan oʻtish jarayonida hamkorlik qilish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashishdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер