AQSHdagi bolalar shifoxonalari yuqumli virus tarqalishi tufayli bemorlar bilan toʻlib ketgan

22:53 21 Oktyabr 2022 Dunyo
1118 0

Foto: Reuters

Amerika Qoʻshma Shtatlaridagi bolalar shifoxonalari nafas olish yoʻllari virusi — respirator sinsitial virus tarqalishi tufayli toʻlib ketgan. Bu haqda “The Hill” nashri xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Xartforddagi Konnektikut tibbiyot muassasasi bemorlar keskin koʻpaygan. Natijada muassasa ortiqcha bosim bilan ishlamoqda. Shu bois shifokorlar Milliy gvardiya va Favqulodda vaziyatlarni boshqarish boʻyicha Federal agentlik bilan bemorlarni qabul qilish uchun chodir joylashtirish boʻyicha muzokaralar olib bormoqda.

Konnektikutdagi bolalar tibbiyot markazining bosh shifokori doktor Xuan Salazarning aytishicha, kattalar palatalaridan farqli oʻlaroq, boʻlimlarda intensiv terapiya yotoqlari yoʻq. Chunki ularga ehtiyoj boʻlmagan.

Uning qoʻshimcha qilishicha, nafas yoʻllari infeksiyasi bilan kasallanish holatlari sentyabr oyi boshidan buyon avvallari kuzatilmagan darajada koʻpaygan.

Nyu-Xeyven bolalar kasalxonasi bir hafta ichida tez yordam boʻlimida ikki barobar koʻp bemorlar murojaat qilgan. Har kuni respirator sinsitial virusi bilan kasallangan 30 nafargacha bola tibbiy muassasaga qabul qilinmoqda. Shu bilan birga, koronavirus bilan kasallangan bemorlar boʻlimiga ham bolalar olib kelinmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер