AQSHda uch nafar politsiyachi nomaʼlum shaxs tomonidan hujumga uchradi, qurbon bor (+video)
gJoriy yilning 23-iyul, chorshanba kuni AQSHning Ogayo shtatida qurollangan shaxs uch nafar politsiya xodimiga qarata oʻq uzdi. Oqibatda bir nafar politsiya xodimi vafot etdi, deb xabar bermoqda “NBC News” nashri.
Xabarda aytilishicha, qurollangan erkak tomonidan hujumga uchragan uch nafar politsiya xodimlarining ikki nafariga jiddiy zarar yetmagan. Faqat bir nafar xodim olgan tan-jarohatlari oqibatida halok boʻlgan. Jinoyatchi voqea joyida politsiya xodimlari tomonidan oʻldirilgan.
Ogayo shtati politsiya boshqarmasining maʼlum qilishicha, ofitser Fillip Si Vagner oʻzining harakatsiz turgan patrul xizmat avtomobilida tushlik qilayotgan vaqtda, uning yoniga boshqa bir patrul avtomobili kelib toʻxtagan. Shundan soʻng, soat 13:05 lar atrofida oʻsha hududda turgan qurolli shaxs ularga qarata oʻq uzgan.
Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, oʻldirilgan politsiyachi Fillip Si Vagner 35 yoshda boʻlgan. U hujum vaqtida bir necha bor yaralanib, Klivlenddagi “MetroHealth” tibbiyot markaziga yotqizilgan. Yaralangan xodim koʻrsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan vafot etgan.
“Ofitser Vagnerning hayoti va shahrimiz oldidagi xizmati hech qachon unutilmaydi”, — deydi politsiya boshligʻi vazifasini bajaruvchi Maykl Fayling.
Politsiyasi bayonotida aytilishicha, ushbu otishmani sodir etgan shaxs 28 yoshli Maykl Parker boʻlgan. Politsiya uning mashinasidan bir nechta kuchli miltiqlar, toʻpponchalar va qoʻlbola portlovchi moddalarning katta miqdorini topgan. Hozirda mazkur voqea sabablari oʻrganilib, tergov harakatlari boshlab yuborilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring