AQSHda Telegram ilovasini ko'chirib olish nega jadal ommalashmoqda?

14:49 12 Yanvar 2021 Dunyo
1066 0

Donald Trampning akkauntlari Twitter tomonidan bloklanib, Parler ijtimoiy tarmogʻidan uzib qoʻyilgandan soʻng, AQSHda Telegram messenjeri jadal ommalashyapti. Bu haqda The Telegraph nashri maʼlum qildi.

Xabar berilishicha, oʻtgan yakshanba kuni telegram Amerikada eng koʻp koʻchirib olingan ikkinchi ilovaga aylangan. Uni bir kunda yarim milliondan ortiq kishi yuklab olgan. Bu bir hafta oldingi holatdan uch barobar koʻpdir.

Keskin oʻsish bilan bogʻliq mazkur holat Tramp tarafdorlari aynan shu messenjerga oʻtayotgani, shuningdek, WhatsApp tomonidan eʼlon qilingan yangi maxfiylik siyosati bilan izohlanmoqda.

Bundan oldin tvitter Trampning akkauntini “zoʻravonlikni bundan buyon ham qoʻzgʻatish xavfi borligi” uchun “muzlatib” qoʻygan edi. Oq uy rahbarining Facebook va Instagram tarmoqlaridagi manzillari ham turli muddatlarga yopib qoʻyilgan.

AQSHning 45-prezidenti tomonidan 6-yanvar kuni kongress binosiga bostirib kirgan namoyishchilarga qilgan murojaati yuqoridagi kabi “qulflanish”ga sabab qilib koʻrsatilgandi. Qayd etilishicha, Tramp shu orqali noyabrda oʻtkazilgan saylov yakunlari tasdiqlanishiga xalaqit bermoqchi boʻlgan.

Sputnik tarqatgan soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, AQSHda Bayden qasamyodi kuniga qadar qurolli namoyishlarga tayyorgarlik koʻrilyapti. 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер