AQSHda sovuq havo sabab 21 kishi vafot etdi

17:35 18 Fevral 2021 Dunyo
1102 0

Kuchli sovuq ob-havo mamlakatda boshlanishi kerak boʻlgan koronavirusga qarshi emlash ishlariga toʻsqinlik qilmoqda. Maʼlumotlarga koʻra, ob-havo sovuqligi tufayli vaksina yetkazib berish kechikishi mumkin.

AQSHdagi qishki boʻronlar sababli millionlab odamlar elektr energiyasisiz qoldi, 21 kishi vafot etdi.

Kamdan-kam kuzatiladigan sovuq ob-havo natijasida elektr energiya tizimi ishdan chiqdi, doʻkonlar yopildi, parvozlar bekor qilindi.

Boʻron tufayli paydo boʻlgan tornado Shimoliy Karolinadagi shaharni vayron qilishi natijasida uch kishi vafot etdi, 10 kishi yaralandi. Toʻrt kishi Xyuston hududida uyni isitish chogʻida chiqqan yongʻinda vafot etdi.

Shuningdek, Tennessi, Kentukki va Luiziana shtatlarida ham oʻlim qayd etildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер