AQSHda shifoxonada amalga oshirilgan otishma oqibatida ikki nafar hamshira halok boʻldi

22:32 23 Oktyabr 2022 Dunyo
1306 0

Illyustrativ foto

AQSHning Texas shtati Dallas shahridagi shifoxonada sodir boʻlgan otishmada ikki nafar hamshira halok boʻldi. Bu haqda politsiya va tibbiyot muassasasi vakillariga tayanib, “Fox News” telekanali xabar bermoqda.

Maʼlumotlarga koʻra, jinoyatchi shifoxonada oʻqotar quroldan oʻt ochgan. Oqibatda kasalxonaning tugʻruqxona boʻlimi ishchilari halok boʻlgan. Politsiya hujumchini yaralab, qoʻlga olishga muvaffaq boʻlgan. Shundan soʻng u boshqa shifoxonaga olib ketilgan.

Jinoyatchining va halok boʻlganlarning shaxsi maʼlum qilinmagan. Politsiya voqea yuzasidan tergov olib bormoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер