AQSHda qor boʻronlari oqibatida oʻnlab insonlar hayotdan koʻz yumdi

22:05 25 Dekabr 2022 Dunyo
1433 0

Foto: Reuters

AQSHning turli shtatlarida qor boʻronlari oqibatida halok boʻlganlar soni 28 kishiga yetdi. Bu haqda “NBC News” xabar bermoqda.

Soʻnggi toʻrt kun ichida Kanada yaqinidagi Buyuk koʻllardan AQSHning Meksika bilan chegarasidagi Rio-Grande kanyoniga qadar harorat sezilarli darajada pasayib, qor boʻronlari koʻtarildi. Tabiat hodisasi bilan bogʻliq vaziyat Kanzas, Kolorado, Oklaxoma va Nyu-York shtatlarida murakkablashgan.

Qayd etilishicha, Ogayo shtatidagi uch avtohalokatda toʻrt kishi halok boʻlgan. Buffaloda kamida uch kishi halok boʻldi. 

“Baʼzi hududlarda ochiq havoda boʻlish bir necha daqiqada sovuqqa olib kelishi mumkin”, deb ogohlantirdi Milliy ob-havo xizmati. Koʻchaga chiqmoqchi boʻlganlarga qattiq sovuqqa tayyorgarlik koʻrish hamda xavfsizlik choralarini koʻrish tavsiya qilingan.

Avvalroq AQSHning Ogayo shtatida 50 ga yaqin avtomobil qorli trassada toʻqnashib ketishi oqibatida 4 kishi halok boʻlgani xabar qilingandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер