AQSHda otishma oqibatida 8 kishi halok boʻldi

20:43 17 Mart 2021 Dunyo
1049 0

AQSHning Jorjiya shtatidagi uchta kurortda yuz bergan otishma oqibatida 8 kishi halok boʻldi va ikki kishi yaralandi. Bu haqda "FOX5» telekanali xabar bermoqda.

Telekanal maʼlumotlariga koʻra, birinchi hodisa Cheroki okrugida nomaʼlum shaxs kurortga kirib oʻt ochgan. Natijada uch kishi halok boʻldi, yana ikki kishi jarohat oldi.

Keyinchalik Atlanta politsiyasiga yaqin atrofdagi ikkita spa salonlarida otishma haqida qoʻngʻiroqlar kelib tushdi. Politsiya maʼlumotlariga koʻra, birinchi kurortdagi otishmada uch ayol, ikkinchisida yana bir ayol halok boʻlgan. Gumonlanuvchi, telekanal maʼlumotlariga koʻra, hanuzgacha hibsga olinmagan. Ayni paytda ushbu voqealarning barchasi bir-biriga bogʻliq yoki bogʻliq emasligi nomaʼlum, deya xabar beradi telekanal.

Cheroki otishmasida gumon qilinuvchi Vudstok shahrida yashovchi 21 yoshli Robert Aaron Long hibsga olingan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер