AQSHda harbiy vertolyotlarning toʻqnashuvi oqibatida toʻqqiz kishi halok boʻldi

02:02 31 Mart 2023 Dunyo
1245 0

Foto: Reuters

AQSHning Kentukki shtatida ikkita harbiy vertolyotning toʻqnashuvi oqibatida toʻqqiz kishi halok boʻldi.

Fojia odatiy mashgʻulot vaqtida yuz bergan. Manbada aytilishicha, “HH60 Black Hawk” rusumli vertolyotlari toʻqnashib ketgan. Halokat Fort-Kempbell harbiy bazasida yuz bergan

“Ikki vertolyot bortidagi toʻqqiz nafar askarning barchasi halok boʻldi”, degan armiya rasmiysi “ABC News”ga.

Voqea yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер