AQSH va ittifoqchilari bir kunda Afgʻonistondan 19 ming odamni evakuatsiya qildi

21:11 25 Avgust 2021 Dunyo
1428 0

Foto: Reuters

24-avgust kuni ertalab soat 3:00 dan 25-avgust kuni ertalab 3:00gacha AQSH oʻz ittifoqchilari bilan birga Afgʻonistondan 19 ming kishini evakuatsiya qilgan. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi oʻrinbosari Endryu Beyts maʼlum qildi.

Uning soʻzlariga koʻra, 14-avgustdan beri AQSH 82 mingdan ortiq odamni mamlakatdan olib chiqqan. 

“Biz iyul oyidan beri jami 87 900 kishini evakuatsiya qildik”, deydi Beyts. Shunga qaramay AQSH harbiylariga yordam bergan koʻplab afgʻonistonliklar mamlakatdan ketish uchun navbatda turishibdi.

Xabarlarga qaraganda AQSH Afgʻonistondan evakuatsiya payti xavfsizlikni taʼminlashga jalb etilgan harbiy kontingentini ham olib chiqa boshlagan. Rejaga koʻra, joriy yilning 31-avgustiga qadar AQSH Afgʻonistondagi barcha fuqarolarini olib chiqishi kerak.

Buni hozir Afgʻonistonda nazoratni oʻz qoʻliga olgan “Tolibon” harakati ham talab qilmoqda. 

Hatto “Tolibon” harakati rahbarlari Vashingtonga AQSH qoʻshinlari Afgʻonistondan oʻz vaqtida olib chiqilmagan taqdirda harbiy javob beish bilan tahdid qildi. Agar AQSH 31-avgustga qadar mamlakatdan harbiy kontingentini olib chiqmasa, javob choralari qattiq boʻlishi mumkin.

Oldinroq, “Tolibon” matbuot kotibi Suxail Shahin AQSHga ham, Buyuk Britaniyaga ham evakuatsiya uchun qoʻshimcha vaqt ajratilmasligini aytgan edi.

“Bu qizil chiziq. AQSH prezidenti Jo Bayden 31-avgustgacha barcha harbiy kuchlarini olib chiqib ketishini eʼlon qilgan”, - deydi Shahin.

24-avgustda AQSH prezidenti Jo Bayden Pentagon va Davlat departamentiga Afgʻonistondan evakuatsiya qilish vaqti oʻzgargan taqdirda favqulodda vaziyatlar rejalarini ishlab chiqishni topshirgan. 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер